Erasmus+ “GDCAU” loyihasi doirasida seminar trening
21.11.2025
Erasmus+ “GDCAU” loyihasi doirasida Slovakiyaning Nitra shahridagi Qishloq xo‘jaligi institutida malaka oshirib qaytgan D. Shavqidinova 20-noyabr kuni “Turizm va boshqaruv” kafedrasi o‘qituvchilariga trening va ma’ruza o‘tkazdi.
U “Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM/SDGs) va ularni ta’limda qo‘llash” mavzusida ma’lumot berib, BRMning mazmuni — inson farovonligi, atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy tenglik va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan global vazifalar ekanini tushuntirdi.
Ma’ruzada ta’limning ushbu maqsadlarga erishishdagi o‘rni, yoshlarning ekologik va ijtimoiy mas’uliyatini shakllantirishdagi ahamiyati, shuningdek, dars jarayoniga ekologiya, iqlim o‘zgarishi, resurs tejash va inklyuzivlik kabi yo‘nalishlarni integratsiya qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Uchrashuv davomida o‘qituvchilar bilan fanlar kesimida BRMga oid mavzularni kiritish, talabalar bilan amaliy loyihalar tashkil etish va mavjud imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi.
Ma’lumot GDCAU loyihasi menejeri I. Bozarov tomonidan taqdim etildi.