Xorijiy talaba qizlar bilan ichki tartib, intizom va tozalik masalalari bo‘yicha suhbat

21.11.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Joriy yilning 20-noyabr kuni Yer resurslari va kadastr fakultetining talabalari istiqomat qilayotgan 2-sonli talabalar turar joyida xorijiy talaba qizlar bilan ichki tartib qoidalariga rioya qilish, intizomni mustahkamlash va umumiy tozalikni ta’minlash masalalari bo‘yicha profilaktik suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida talabalarga TTJda yashash qoidalari, jamoat joylarida o‘zini tutish madaniyati, xonalar va umumiy maydonlarda sanitariya-gigiyena talablariga amal qilish kerak-ligi tushuntirildi.undan tashqari Xona va oshxona, jamoat yuvinish xonalarida tozalikni saqlash, chiqindi chiqarish tartibi, gigiyena talablariga amal qilish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Tozalik — nafaqat shaxsiy salomatlik, balki barcha talabalarning qulay muhiti uchun mas’uliyat ekani ta’kidlandi.

  SHuningdek, tunda tinchlikni saqlash, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, elektr uskunalaridan to‘g‘ri foydalanish hamda mojaro va tushunmovchiliklarni oldini olishga qaratilgan tavsiyalar berildi. Tadbir davomida xorijiy talaba qizlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi va ularning fikr-mulohazalari tinglandi.

  Ushbu suhbat xorijiy talabalarning TTJ muhitiga moslashuvini yengillashtirish, ular orasida o‘zaro hurmat, toza va tartibli muhitni shakllantirishga xizmat qildi.

YRK fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova axborati

Universitet matbuot xizmati