Magistrlardan mahorat darsi
20.11.2025
Xalqimizda, “Beshikdan to qabrgacha ilm izla”, degan maqol bor, bugungi yoshlar yuksak aql-zakovatli, zamonaviy texnologiyalarni tez o‘zlashtiradigan, o‘z ustida tinimsiz izlanadigan iqtidor sohibidir. 2025-yil 20-noyabr kuni 70721501 - “Geodeziya va geoinformatika” yo‘nalishi M25-07 birinchi bosqich magistrantlari Samatova Gulbonu, Tilyabova Elianora va Amangeldieva Asiyalar birgalikda “Yer resurslari va kadastri” fakulteti “Geodeziya va geoinformatika” yo‘nalishi bakalavriyat birinchi bosqich talabalariga Geodeziya fanidan zamonaviy kompyuter texnologiyalar qo‘llagan holda “Geodezik o‘lchashlarni matematik hisoblash” mavzusi bo‘yicha master-klass amaliy dars tashkil etildi. Dars davomida “Geodeziya va geoinformatika” PhD., dotsenti O‘.Islomov ham qatnashib talabalarning qiziqtirgan savollariga javob berdi. Magistrantlar tomonidan tashkil etilgan master-klass darsi birinchi bosqich talabalarida katta taassurotlar qoldirdi.
Dotsent O‘tkir Islomov axboroti
Universitet matbuot xizmati