Turkmanistonlik talabalarga Filippin vakillari tomonidan “Leadership Skills” mavzusida Master-klass o‘tkazildi
20.11.2025
Ma’lumki, Filippin davlati dunyodagi eng yirik ingliz tilida so‘zlashuvchi davlatlardan biri bo‘lib, Osiyo, Yevropa va Amerika madaniyati ta’sirlarini o‘zida uyg‘unlashtirgan boy tarixga ega. Filippinlik mutaxassislarning yetakchilik, til kompetensiyalari, ingliz tilidagi ta’lim metodlari xalqaro miqyosda yuqori baholanadi.
Joriy yilning 19-noyabr kuni, universitetimiz “Iqtisodiyot” fakultetining “Ingliz filologiyasi” ta’lim yo‘nalishi 144-guruh va 118-guruh talabalari uchun Filippin mamlakati vakillari tomonidan “Leadership Skills” (Liderlik ko‘nikmalari) mavzusida xalqaro master-klass o‘tkazildi.
Tadbirda ishtirok etgan Filippin vakillari:
Rye Alfonso, Dianne Banzuela, Gabriel Burgos, Kevin Lacson, Jeanifer Tan, Normi Sacman va Jedd Megino.
Master-klass davomida talabalar:
- ✔️ liderlik ko‘nikmalari
- ✔️ ingliz tilida samarali muloqot
- ✔️ xalqaro networking
- ✔️ jamoaviy boshqaruv bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdilar.
Ushbu tadbir nafaqat liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, balki Turkmaniston va Filippin yoshlari o‘rtasida xalqaro hamkorlik va networkingni mustahkamlash, ingliz tilini chuqur o‘rganishda amaliy tajriba almashish imkonini yaratdi. Talabalar faol ishtirok etib, o‘z qiziqtirgan savollariga javob olishdi va chet ellik mutaxassislar bilan bevosita muloqot qilish orqali ingliz tili bo‘yicha nutqiy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirdilar.
Mazkur tadbir Britaniya Kengashi bilan xalqaro loyiha doirasida faoliyat yuritayotgan “Kasbiy rivojlantirish markazi”ning fakultet filialida, “Ingliz tili” kafedrasi dotsenti G. Eshchanova tashabbusi bilan tashkil etildi.