“O‘zbekistonning suv resurslari” mavzusida ma’ruza mashg‘uloti o‘tkazildi
20.11.2025
#Ta`lim
#Xalqaro hamkorlik
Joriy yilning 20-noyabr sanasida G binoning 401-xonasida “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi dotsenti Qodirov Sobir Mamadiyorovich tomonidan xitoylik doktorantlar va magistrantlar uchun “O‘zbekistonning suv resurslari” mavzusida ma’ruza mashg‘uloti tashkil etildi. Ma’ruzada qatnashchilar soha rivoji, amaliy tajribalar hamda mavjud muammolar bilan tanishdilar.
Hozirgi global iqlim o‘zgarishi sharoitida suv resurslaridan mukammal va samarali foydalanish hamda kelajakda o‘zaro ikki davlat yosh olimlari bilan hamkorlikda suv muammolariga ishonchli yechimlar topish masalalari bilan ham fikr almashildi. Xitoylik doktorant va magistrantlar darsni katta qiziqish bilan kuzatib, yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.