"Iqtisodiyot" kafedrasi tashabbusi bilan bitiruvchi hamda korxonalarda stajirovka o‘tash niyatida bo‘lgan talabalar uchun "Asia Alliance Bank" ATB bilan uchrashuv tashkil etildi.

19.11.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  2025-yil 19-noyabr sanasida "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti "Iqtisodiyot" ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabalari hamda korxonalarda stajirovka o‘tash niyatida bo‘lgan talabalar bilan "Asia Alliance Bank" ATB banki mutaxassislari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🎯 Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalarga bank sohasi, xususan xususiy "Asia Alliance Bank" ATB haqida ma’lumotlar berildi. 

📊 Shuningdek, Uchrashuv davomida: 

  • - bank tizimi haqida amaliy bilimlar berildi;
  • - talabalarda ishga joylashishdan oldin talab qilinadigan ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi:
  • - bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash masalasi:
  • - talabalar amaliyotlarini bankda tashkil etish masalasi;
  • - talabalarning hozirdan bankda haq to‘lanadigan stajirovkalar o‘tashini tashkil etish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi.

🎁Uchrashuv yakunida iqtidorli va faol talabalarni rag‘batlantirish maqsadida, faol talabalarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

🏅Kelajakda o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida, "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti hamda "Asia Alliance Bank" ATB o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolash masalasi ham muhokama qilindi.

✅ Mazkur uchrashuv ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, bitiruvchi talabalarni mehnat bozoriga tayyorlash hamda ularning kasbiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.