Sinxua universiteti delegatsiyasi TJAB kafedrasiga tashrifi

08.11.2025

#Xalqaro hamkorlik #Yangilik

  "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetiga jahonning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Xitoy Xalq Respublikasining TOP-20 taligiga kiruvchi Sinxua universiteti sanoat va innovatsion korxonalari delegatsiyasi tashrif buyurdi.

  Tashrif davomida mehmonlar TJAB kafedrasidagi ilmiy laboratoriyalar faoliyati bilan tanishib, ularning texnik bazasini yuqori baholadilar. Uchrashuv chog‘ida tomonlar qo‘shma ilmiy loyihalar, professor-o‘qituvchilar almashinuvi va innovatsion hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

  Tashrif yakunida TIQXMMI va Sinxua universiteti vakillari kelgusida hamkorlik almashinuvi bo‘yicha kelishib olindi.