Tozalik — sog‘lom muhit, sog‘lom turmush garovi
08.11.2025
Joriy yilning 08-noyabr kuni "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti Energetika fakultetida fakultet jamoasi Talabalarning ekologik madaniyatini oshirish, turar joylarda tozalik va sog‘lom muhitni ta’minlash maqsadida “Tozalik — sog‘lom muhit, sog‘lom turmush garovi” shiori ostida Talabalar turar joyida tozalik kunini tadbirini o‘tkazishdi.
Tadbirda Talabalar turar joyida talabalarga yaratilgan sharoitlar va ularni yanada yaxshilash, xonalarni ozoda saqlash bo‘yicha talabalarga takliflar berildi.
Shuningdek kuz-qish mavsumida yashash xonalarda qo‘l bola isitish vositalaridan foydalanmaslik, texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishlarini ta’kidlab o‘tishdi.
Talabalar turar joyida aniqlangan joriy kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar berildi.
“Energetika” fakulteti dekan o‘rinbosari I.Buxorov axboroti
Universitet matbuot xizmati