Xitoyning nufuzli universitetlari professor-o‘qituvchilaridan dars mashg‘ulotlari

08.11.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Ushbu haftaning 5-7 noyabr kunlari universitetimizga xalqaro ARWU reyting agentligi reytingi bo‘yicha dunyo universitetlari orasida #175 o‘rinda qayd etilgan, Xitoyning nufuzli universitetilaridan biri hisoblangan, Pekin shahridagi Xitoy qishloq xo‘jaligi universiteti (China Agricultural University) professori Xu Mao va Shixezi universiteti professori Wu Chaolar tashrif buyurishdi. 

  Tashrif davomida professorlar hamkorlikdagi ilmiy loyihalar bo‘yicha ishlarni amalga oshirish bilan birga, 70810101-Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish mutaxassisligi magistrlari va doktorantlarga ma’ruzalar ham o‘qishdi. Jumladan, professor Xu Mao “Research on Detection of Grain Moisture Content and Moisture Distribution Based on Microwave Technology” va “Electro-hydraulic Derived Precise Plant Spacing Control System for Potato Planter” mavzularida hamda professor Wu Chao “Research on the mechanism of soil-touchdown component interaction under soil property differences” va “Research and Practice on Key Technologies and Equipment for Digital Cotton” mavzularida ma’ruzalar o‘qishdi. 

  Mashg‘ulotlar davomida talabalar va doktorantlar o‘zlarining zamonaviy qishloq xojaligi texnikalarini ishlab chiqish va joriy etishning hozirgi holati, bu borada Xitoy va dunyo tajribasi hamda intellektual qishloq xo‘jaligi texnikalarini yaratish uchun kerak bo‘ladigan yangi bilim va ko‘nikmalar haqidagi savollariga  yetarlicha javob va ma’lumotlar olishdi.

“Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari”kafedrasi mudiri K.D.Astanaqulov