Milliy liboslar – millat ko‘zgusi
08.11.2025
2025-yil 7-noyabr kuni “TIQXMMI” MTU “Ekologiya va huquq” fakultetida Xotin-qizlar kengashi hamda “Gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchilari M. Xakimova, N.Alimuxammedovalar tashabbuskorligida fakultet talaba qizlari bilan “Milliy liboslar – millat ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida dunyodagi har bir millatning milliy libosi borligi, ana shu milliy liboslarda o‘sha xalqning, millatning tarixi, madaniyati va ma’naviyati namoyon bo‘lishi, milliy libos insonni hayot, zamon va makon bilan uzviy bog‘lab turadigan o‘lmas qadriyatlardan biri ekanligi haqidagi fikrlar bilan o‘rtoqlashdilar. Shu bilan birga, milliy an’analarimizni targ‘ib qilish orqali urf-odat va qadriyatlarimizni asrab avaylash kerakligi, yoshlarda milliy kiyinish madaniyatini shakllantirish, oliy ta’lim muassasasida kiyinish odobi va me’yorlariga rioya qilish bo‘yicha ham fikrlar bildirildi.
“Ekologiya va huquq” fakulteti dekan maslahatchisi B.Mamadaminova axboroti
Universitet matbuot xizmati