Kiberxavfsizligi mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi

07.11.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Jahonda bo‘lgani kabi, yurtimizda ham axborot kommunikatsiya texnologiyalari rivojlangan sari uning afzalligi va qulayliklaridan foydalanish bilan bir qatorda axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari dolzarb bo‘lib qolmoqda. 2025-yil 7-noyabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalar muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 1-kurs talabalariga Yunusobod tumani IIB katta leytenanti B.Jo‘rayev telekommunikatsiya tarmoqlari orqali beparvolik tufayli yoki qasddan amalga oshirilayotgan tahdidlarga qarshi turish, ularga nisbatan chora ko‘rish va kutilmagan ta’sirlardan himoyalanish borasida tushuntirish ishlari olib bordilar.

  Tadbir yakunida talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berdilar.

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Borotov axboroti

Universitet matbuot xizmati