Milliy libos — xalqning nafosat va go‘zallik simvoli

07.11.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  2025-yil 7-noyabrda “Yer resurslari va kadastr fakultetida” haftaning har juma kunlari an’anaga aylanib qolgan Milliy liboslar kuni o‘tkazildi. Har bir xalqning o‘zligini, madaniyatini va qadriyatlarini ifodalovchi bebaho boyligi bor. O‘zbek xalqi uchun bunday boyliklardan biri — bu milliy liboslaridir. Milliy libos — xalqning nafosati, go‘zallikka bo‘lgan muhabbati va ma’naviy dunyoqarashining ramzidir. Milliy liboslarimiz – o‘zligimizning yuzi, madaniyatimizning ko‘zgusi, tariximizdan kelajakka uzatilayotgan ma’naviy merosdir. 

  Azaldan xalqimiz kiyim-kechakka nafaqat zarurat, balki madaniyat va go‘zallik timsoli sifatida qarab kelgan. Milliy liboslarimizda har bir ip, har bir naqsh va har bir rang xalqimiz didi, ruhi va hayot tarzini aks ettiradi. 

  O‘zbek milliy liboslari — atlas, adras, shoyi, beqasam, zardo‘zi kabi matolardan tayyorlanib, har bir hududga xos rang-barang naqsh va shakllar bilan bezatiladi. Atlas — ayollar latofati va nafosatining ramzi bo‘lsa, bekasam — mardlik va salobatning belgisidir. Bugungi tadbirda faol ishtirok etgan talaba va professor-o‘qituvchilarimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

YRK fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova axborati

Universitet matbuot xizmati