“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetiga jahonning TOP-20 taligiga kiruvchi Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli Sinxua universitetining hamkor sanoat va innovatsion korxonalari delegatsiyasi tashrif buyurdi.
05.11.2025
#Rektordan
#Yangilik
Xitoyning yetakchi bo‘lgan yirik ishlab chiqarish kompaniyalari va texnologik korporatsiyalari quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi:
- • suv xo‘jaligi va irrigatsiya texnologiyalari;
- • energetika va yashil energiya tizimlari;
- • qishloq xo‘jaligida sun’iy intellekt va avtomatizatsiya;
- • robototexnika va sanoat avtomatlashtirish;
- • metall ishlash va zamonaviy materiallar;
- • “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida Xitoylik talabalarni akademik mobilligini tashkil qilish.
Ushbu tashrif universitet uchun qishloq xo‘jaligi, suv resurslari, energetika va sanoat robototexnikasi sohalarida innovatsiya va yuqori texnologiyalarni targ‘ib qilishda muhim qadam bo‘ldi.