Talabalar turar joyiga tashrif

05.11.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Joriy yil 04-noyabr kuni “Qurilish muhandisligi” kafedrasi mudiri professor B.B.Hasanov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Azimov va assistent M.Rajabovlar fakultetga qarashli 1-sonli Talabalar turar joyida bo‘lib 4-qavatda yashayotgan talabalarning yashash sharoitlari bilan tanishdi va ular bilan talabalar turar joyidagi yaratilgan sharoitlari, ta’lim jarayoni va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari bo‘yicha suhbatlashdi. Shuningdek, ularga ichki tartib qoidalar bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib bordi va talabalarning fikr va takliflarini so‘radi hamda kerakli ko‘rsatmalar berdi. Suhbat jarayonida ularning ta’lim va tarbiya olishlari uchun universitetda yaratilgan sharoitlar to‘g‘risida yana bir bor ta’kidlab o‘tdi.

“Gidrotexnika qurilishi” fakulteti dekan o‘rinbosari A.I.Azimov axboroti

Universitet matbuot xizmati