“Halollik soati” doirasida 1-kurs talabalari bilan davra suhbati o‘tkazildi.

31.10.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

 Toshkent shahri Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasining 2025-yil 9-oktyabrdagi 01/06/40-sonli “Oliy va kasbiy ta’lim muassasalari hamda akademik litseylarda yoshlar o‘rtasida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida universitetda “Halollik soati” doirasida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi.

  Tadbirda universitetning Korrupsiyaga qarshi komplayens-nazorat bo‘limi boshlig‘i A. Gapparov hamda QXM fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini A. Baratov ishtirok etdi. Ular fakultetning 1-kurs talabalari bilan ochiq muloqot olib borishdi.

  Suhbat davomida talabalarga halollik, poklik, mas’uliyat va adolat kabi insoniy fazilatlarning hayotdagi o‘rni hamda korrupsiyaning shaxs va jamiyat rivojiga salbiy ta’siri haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

  Tadbir interaktiv tarzda o‘tib, talabalar o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirishdi. Uchrashuv yakunida yoshlar halollik tamoyillariga rioya qilish va korrupsiyaga qarshi kurashishda faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lish zarurligini ta’kidladilar.