"Bizning umumiy uyimiz" mavzusi bilan
28.10.2025
Har bir inson uchun Vatan- bu eng aziz, eng muqaddas maskandir. Biz yashayotgan O‘zbekiston-barcha millat va elat vakillari uchun bizning umumiy uyimizdir. Bu yurtning bag‘ri keng, unda o‘zbek, rus, qozoq, tojik, tatar, koreys va yana ko‘plab millatlar totuvlik va do‘stlikda hayot kechiradilar.
O‘zbekistonimizda har bir insonning tili, dini, urf-odati va qadriyatlariga hurmat bilan qaraladi. Bu esa millatlararo totuvlikning eng muhim asosi hisoblanadi. Biz hammamiz bir Vatan farzandlarimiz, demak, bu yurtni asrash va obod qilish- barchamizning umumiy burchimizdir.
Joriy yilning 28-oktyabr kuni «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti «Gidrotexnika qurilishi» fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusova, fakultet tyutori D.Xursandova, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha psixologi D.Yusupovalar tomonidan talaba qizlar bilan "Bizning umumiy uyimiz" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Psixolog D.Yusupova so‘zga chiqib talaba yoshlar uchun ham millatlararo totuvlik tushunchasi juda muhimdir. Agar biz o‘zaro hurmat, mehr va do‘stlik bilan yashasak, kelajakda ham O‘zbekiston yanada gullab-yashnaydi. Chunki bizning umumiy uyimiz — bu tinchlik, mehr va totuvlik maskanidir.
"Gidrotexnika qurilishi" fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusova va fakultet tyutori D.Xursandovalar axboroti
"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati