Sog‘-salomatlik –bebaho boylikdir
28.10.2025
Inson hayotida salomatlik eng muhim ne’matlardan biri hisoblanadi. Sog‘lom inson har qanday maqsadga yetisha oladi, mehnat qilib jamiyatga foyda keltiradi va hayotdan zavq oladi. Shuning uchun ham xalqimiz “Sog‘lik - bebaho boylik” deb bejiz aytmagan.
Sog‘lik yo‘qolgach, inson hayotining boshqa ne’matlari - boylik, martaba yoki shon-sharafning hech biri ahamiyat kasb etmaydi. Shu bois, har bir inson salomatligini asrashi, profilaktikaga jiddiy e’tibor berishi zarur.
Sog‘-salomatlik - insonning eng katta boyligi, uning hayot asosidir. asrash har bir shaxsning burchi bo‘lib, bu nafaqat shaxsiy, balki jamiyat farovonligi uchun ham xizmat qiladi.
“Sog‘lom tan - sog‘lom fikr, sog‘lom fikr - sog‘lom jamiyat!”shiori ostida universitetimizda talabalar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Hozirgi kunga kelib 700 ga yaqin 1-bosqich talabalar tibbiy ko‘rikdan o‘tdilar va tibbiy sohada davolanishga yo‘llanma berilgan talabalar 9-oilaviy poliklinikaga murojaat qilingan holda davolanmoqdalar.
Bu safargi tibbiy ko‘rgimiz "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti “Ekologiya va huquq” fakultetida talabalarning sog‘lig‘ini nazorat qilish, ularning salomatligiga doimiy e’tibor qaratish maqsadida tibbiy ko‘rik tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tashabbus universitet rahbariyati tomonidan talabalar sog‘lig‘ini mustahkamlash va ularning hayoti uchun qulay sharoit yaratish maqsadida ilgari surilgan bo‘lib, tadbir aynan universitet rahbariyati tashabbusi bilan amalga oshirildi.
Hozirda 1-bosqich talabalari tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqdalar. Ular Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 9-oilaviy poliklinika tomonidan 8 ta yo‘nalish bo‘yicha — terapevt, nevropatolog, stomatolog, oftalmolog, ginekolog, endokrinolog, LOR (quloq-burun-tomoq shifokori) va jarroh mutaxassislari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.
Tadbir davomida talabalarning sog‘lig‘ining umumiy holati, qon bosimi, yurak faoliyati, ko‘rish va eshitish qobiliyati kabi ko‘rsatkichlar chuqur tahlil qilinmoqda. Shuningdek, vitamin yetishmovchiligi, mavsumiy kasalliklarning oldini olish, to‘g‘ri ovqatlanish va shaxsiy gigiyena masalalarida foydali tavsiyalar berilmoqda.
Ushbu tashabbus talabalarning salomatligiga bo‘lgan e’tiborning amaliy ifodasi bo‘lib, ularning o‘zini e’tiborda va g‘amxo‘rlikda his etishlariga xizmat qilmoqda. Tadbir sog‘lom, faol va ijobiy muhitda ta’lim olish uchun zarur sharoitlarni yaratishda muhim qadam bo‘ldi.
Talabalar bunday e’tibor va g‘amxo‘rlikdan mamnun bo‘lib, universitet rahbariyatiga samimiy minnatdorchiliklarini bildirdilar.