“China–Uzbekistan Joint Laboratory for Collaborative Innovation in Water Conservancy of Arid Areas” laboratoriyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

27.10.2025

#Rektordan #Xalqaro hamkorlik

Universitetimizda muhim voqea — Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasasi — Sian texnologiya universiteti bilan hamkorlikda “China–Uzbekistan Joint Laboratory for Collaborative Innovation in Water Conservancy of Arid Areas” laboratoriyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

  Sian texnologiya universiteti bilan strategik hamkorligimizni yangi bosqichga ko‘tarish masalasi ilgari surilmoqda. Ushbu qo‘shma laboratoriya — ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro ishonch va ilm-fan sohasidagi hamkorlikning yorqin ifodasidir. 

  Laboratoriyaning asosiy maqsadi — qurg‘oqchilik hududlarida suv resurslarini boshqarish, gidrotexnika va melioratsiya tizimlarini modernizatsiya qilish, innovatsion yondashuvlar orqali barqaror suv xo‘jaligini rivojlantirishdir. Laboratoriya orqali nafaqat ilmiy izlanishlarni rivojlantirish, balki, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va global suv muammolariga yechim topish yo‘lidagi muammolarni birgalikda hal etishga qaratilgan. 

  Shu bilan bir qatorda, uchrashuv doirasida Sian texnologiya universiteti bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolashga ham erishildi. Hozirgi vaqtda universitetimizda ushbu universitetning 7 nafar doktoranti va 4 nafar magistrantlari akademik almashinuv asosida tahsil olishmoqda. Bu esa hamkorlikning samarali boshlanishidan dalolat beradi.