“O‘zbekgidroenergo” AJ nomdor stipendiyasi tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi

21.10.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati bilan imzolangan hamkorlik shartnomasiga muvofiq, Jamiyat tomonidan ta’sis etilgan “O‘zbekgidroenergo” AJ nomdor stipendiyasi tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi.

  Mazkur tanlovda bakalavriat bosqichi Energetika fakultetidan 2 nafar, Gidrotexnika qurilishi fakultetidan 8 nafar, shuningdek magistratura bosqichidan 2 nafar talaba — jami 12 nafar talaba o‘z hujjatlarini taqdim etdi.

  2025-yil 18-oktyabr kuni universitetda tanlovning universitet bosqichi doirasida talabalar bilan bilim va kasbiy tayyorgarlik darajasini baholashga qaratilgan suhbat-sinov jarayoni tashkil etildi. Jarayonda talabalarga o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha savollar berilib, ularning nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari va kasbiy faoliyatlari sinovdan o‘tkazildi.

  Suhbat-sinov jarayoni universitetning maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazildi. Yakunda 6 nafar iqtidorli talabalar;

“Energetika” fakultetidan 2 nafar;

  • Ziyodullayev Shoxijaxon Maxkambekovich;
  • Reyimberdiyev Sardorbek G‘ayratjon o‘g‘li;

“Gidrotexnika qurilishi” fakultetidan 4 nafar talaba; 

  • Turdibekov Boburjon Odiljon o‘g‘li;
  • Kozimov Izzatillo Baxtiyorjon o‘g‘li;
  • Ergashov Behzod Baxtiyor o‘g‘li;
  • Yergeshbayeva Ulan Torexan qizi;

  “O‘zbekgidroenergo” AJ nomdor stipendiyasi tanlovining navbatdagi bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.

  Mazkur tanlov energetika xususan gidroenergo sohasidagi iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish hamda soha uchun malakali mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.