“O‘zbekgidroenergo” AJ nomdor stipendiyasi tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi
21.10.2025
“O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati bilan imzolangan hamkorlik shartnomasiga muvofiq, Jamiyat tomonidan ta’sis etilgan “O‘zbekgidroenergo” AJ nomdor stipendiyasi tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi.
Mazkur tanlovda bakalavriat bosqichi Energetika fakultetidan 2 nafar, Gidrotexnika qurilishi fakultetidan 8 nafar, shuningdek magistratura bosqichidan 2 nafar talaba — jami 12 nafar talaba o‘z hujjatlarini taqdim etdi.
2025-yil 18-oktyabr kuni universitetda tanlovning universitet bosqichi doirasida talabalar bilan bilim va kasbiy tayyorgarlik darajasini baholashga qaratilgan suhbat-sinov jarayoni tashkil etildi. Jarayonda talabalarga o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha savollar berilib, ularning nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari va kasbiy faoliyatlari sinovdan o‘tkazildi.
Suhbat-sinov jarayoni universitetning maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazildi. Yakunda 6 nafar iqtidorli talabalar;
“Energetika” fakultetidan 2 nafar;
- Ziyodullayev Shoxijaxon Maxkambekovich;
- Reyimberdiyev Sardorbek G‘ayratjon o‘g‘li;
“Gidrotexnika qurilishi” fakultetidan 4 nafar talaba;
- Turdibekov Boburjon Odiljon o‘g‘li;
- Kozimov Izzatillo Baxtiyorjon o‘g‘li;
- Ergashov Behzod Baxtiyor o‘g‘li;
- Yergeshbayeva Ulan Torexan qizi;
“O‘zbekgidroenergo” AJ nomdor stipendiyasi tanlovining navbatdagi bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.
Mazkur tanlov energetika xususan gidroenergo sohasidagi iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish hamda soha uchun malakali mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.