Bugun 16 oktyabr kuni "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetida “Ajdodlar merosiga munosib avlod” g‘oyasi doirasida uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
17.10.2025
Tadbirning asosiy maqsadi nuroniylar va yoshlar o‘rtasidagi ma’naviy bog‘liqlikni mustahkamlash, tajribali avlodning hayotiy saboqlaridan yoshlarning foydalanishini ta’minlash hamda ularni bilimga, fidoyilikka va vatansevarlikka chorlashdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuvda yurtimizda taniqli davlat va jamoat arboblari, “Nuroniy”
jamg‘armasi vakillari hamda universitet jamoasi ishtirok etdilar. Jumladan, “Nuroniy”
jamg‘armasi Toshkent shahar bo‘limi raisi, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi
raisi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, Oliy Majlis
Senati a’zosi Rustam Abduhaqimovich Kalanov, O‘zbekiston sudyalari assotsiatsiyasi
raisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist, yoshlar murabbiysi Ming‘boev Ubaydullo
Qurbonovich, “Nuroniy” jamg‘armasi Respublika boshqaruvi raisining o‘rinbosari,
filologiya fanlari falsafa doktori Usmonov Shuxrat G‘iyasovich, hamda O‘zbekiston
Milliy teleradiokompaniyasining siyosiy sharhlovchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan
jurnalist, Mehnat faxriysi Karimbekov Qobilbek To‘xtabekovich mehmon sifatida qatnashdilar.
Rektor Bahodir Mirzaev hamrohligida mehmonlar universitetning
ilmiy va innovatsion faoliyati, talabalar yutuqlari hamda Abdulla Oripov nomidagi
muzey bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbirda yoshlar
va nuroniylar o‘rtasida samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan
savol va takliflari bilan mehmonlarga murojaat etdilar, bu esa uchrashuvning jonli
va ilhombaxsh ruhda o‘tishini ta’minladi. Shuningdek, “0,5 dan 1000 gacha: Startap
va ta’lim integratsiyasi” mavzusida yosh olim Ozodov E’zoz taqdimot bilan ishtirok
etdi.
Shuningdek,
tadbir davomida universitet rektori tomonidan Rustam Abduhaqimovich Qalanov
"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetining "Faxriy ko‘krak nishoni"
bilan taqdirlandi.