Singapur Milliy Universiteti bilan hamkorlik
16.10.2025
2025 yilning 15 okoktyabruni Singapur Milliy Universiteti dotsenti, Slaven Garaj “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” va “Mexanika va kompyuterli modellashtirish” kafedralariga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida kafedra professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, magistrantlari va bakalavr ta’lim yo‘nalishi iqtidorli talabalari bilan davra suhbati tashkil etildi.
Mehmon universitet va kafedralarning faoliyatiga oid bag‘ishlangan taqdimotlar bilan tanishtirildi. Kafedra professor o‘qituvchilari, magistr va bakalavr talabalariga o‘tilayotgan fanlar, xalqaro va mahalliy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan ilmiy amaliy ishlar va kelajakdagi rejalar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
O‘z navbatida janob Slaven Garaj tomonidan Singapur milliy Universitetidagi u rahbarlik qilayotgan laboratoriyada olib borilayotgan ilmiy ishlar hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari haqida ma’lumotlar berdi.
Ayniqsa, Slaven Garaj GIM mutaxassisligi 1-bosqich talabalariga tadqiqot maqsad va vazifalarini belgilash, nazariy va eksperimental tadqiqotlarni olib borishda zamonaviy yondashuvning ahamiyatini jamoasi tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar misolida tushuntirib berdi.
Uchrashuvda ikki ta’lim muassasasi olimlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan magistrlar va doktorantlarga rahbarlik qilish, Singapur Milliy universitetida professor o‘qituvchilarning tajriba va malakalarini oshirishni, tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, yuqori impakt faktorli maqolalarni jurnallarda hammualliflikda chop etish masalalari bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi hamda istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.
“Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” kafedrasi assistenti Sh.Batirov ma’lumoti