O‘zbekistonning asosiy maydoniga talabalar tashrifi
10.10.2025
Joriy yilning 10-oktyabr kuni “Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori va ularga biriktirilgan faol talabalar bilan birgalikda Poytaxtimiz Toshkentning markaziy maydonlaridan biri bo‘lgan Mustaqillik maydoniga tashrif buyurishdi. Katta va keng, qalin ko‘kalamzor bilan o‘ralgan va son-sanoqsiz favvoralar bilan bezatilgan maydon ikkita tarixiy markazni - Eski shahar va Toshkentning yangi qismini birlashtiradi. Maydonning markazida “Mustaqillik va ezgulik” yodgorligi o‘rnatilgan bo‘lib, uning ustiga milliy suverenitetimizni dunyo tomonidan tan olinishining ramzi sifatida respublikamiz hududi o‘yib tushirilgan sayyora tasvirlangan bronza shar o‘rnatilgan. Pastki qismida esa –“Baxtiyor ona” haykali. Biz farzandini avaylab bag‘riga bosib, unga mehr bilan qarab turgan baxtli onaning qiyofasi namoyon bo‘lganini ko‘ramiz. Yodgorlik tinchlik, farovon hayot, baxtli kelajakka ishonch hamda hozirgi va kelgusi avlodlar uchun baxtni anglatadi talabalarimiz hozirgi tinch va osuda zamonamizga shukronalar keltirdi.
“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori I.Ahmedova axboroti
Universitet matbuot xizmati