Butunjahon tozalik kuni tadbiri
27.09.2025
Joriy yilning 27-sentyabr kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti "Ekologiya va huquq" fakulteti tyutorlari boshchiligida fakultetining faol va mehnatkash talabalari ishtirokida "Butunjahon tozalik kuni" ("World cleanup day") tadbiri o‘tkazildi.
"Bir Vatanda, bir maqsadda - xalqaro chiqindisiz dunyo uchun!" shiori ostida fakultet jamoasi hamda ko‘ngilli talabalari atrof - muhitni chiqindilardan tozalash maqsadida birlashgan holda o‘z hissasini qo‘shdi.
Talabalar xazonrezgi mavsumida atrofni obodonlashtirish, tozalikka rioya qilish, toza yashash avvalo, o‘zimizning sog‘lig‘imiz uchun zarur ekanligi yana bir bor alohida ta’kidlandi.
"Ekologiya va huquq" fakulteti tyutorlari axboroti
Universitet matbuot xizmati