Sportni sev, sport bilan yasha
27.09.2025
Joriy yilning 26-sentyabr kuni "Iqtisodiyot" fakulteti talaba qizlari, ustozlari ishtirokida "XON ATLAS OYLIGI" munosabati bilan "SPORTNI SEV, SPORT BILAN YASHA" shiori ostida milliylik bilan uyg‘unlashgan sport musobaqalari o‘tkazildi.
Sog‘lom turmush tarziga amal qilib yashash har bir inson uchun foydali hisoblanadi. Sport bilan shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, to‘g‘ri ovqatlanish inson umrini uzaytirishi hammaga ma’lum. Shu sababli mamlakatimizda yashovchi har bir fuqaro o‘z sog‘lig‘iga beparvo bo‘lmasligi lozim. Ana shu maqsadda tashkil etilgan musobaqalarda talabalar, ustozlar katta quvonch, xursandchilik bilan shaxmat- shashka, voleybol, stol tennis o‘yinlari o‘ynashdi.
Barchalarida ko‘tarinki kayfiyat, sportni sevishlar va bunday sport tadbirlari tez-tez o‘tkazilib turilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi deb ta’kidladilar. Musobaqalar do‘stona tarzda bo‘lib o‘tdi.
Tadbir qizg‘in, quvnoq, yuqori kayfiyatda o‘tdi.
"Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash raisi Ra’no Kodirova axboroti
Universitet matbuot xizmati