Millatlar hamdo‘stligi hayot talqinida
19.09.2025

Joriy yil 18-sentyabr kuni Ozarbayjon madaniyat markazi direktori Akif Maoriflining 2025-yil 15-sentyabrdagi 66/UZB-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Azimov, “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi R.Qodirova hamda 25 nafar Xorijlik talabalar bilan Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan Ozarbayjon professional musiqasining asoschisi, Sharqdagi birinchi opera muallifi, buyuk bastakor Uzeyir Hojibeylining tavalludining 140 yilligini nishonlanish tadbirida ishtirok etishdi. Ushbu tadbirda talabalar O‘zbekiston va Ozarbayjonni madaniyat, fan va ta’lim sohasidagi azaliy do‘stlik va hamkorlik an’analari, ikki xalqlarning boy tarixiy merosga, ko‘p asrlik madaniyati hamda uzoq yillardan buyon mamlakatlarimiz o‘rtasidagi gumanitar aloqalarining mustahkamligiga amin bo‘lishdi.
“Gidrotexnika qurilishi” fakulteti dekan o‘rinbosari A.I.Azimov axboroti
Universitet matbuot xizmati





