Emotsional muvozanatni saqlashni o‘rganamiz

19.09.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik


 Joriy yilning 18-sentyabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi, Xor jamoasi rahbari M.K.Muhammedova hamda Ekologiya va huquq fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi B. Mamadaminovalar hamkorligida xorijiy 1-kurs talaba yoshlari bilan talabalarni yangi muhitga moslashishiga ko‘maklashish, stressni boshqarish, o‘zini ifoda etish ko‘nikmalarini rivojlantirish, ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimini shakllantirish va universitetdagi akademik, ijtimoiy hayotga oson integratsiya qilishlariga adaptatsiya jarayonini oshirish maqsadida “Moslashuv — bu jarayon” mavzusida seminar trening o‘tkazildi.

  Seminar davomida har bir inson individual ravishda turlicha moslashuv bosqichini boshdan kechirishi mumkinligi, tushuntirildi va stressga chidamlilikni oshirish, moslashuvni tezlashtirish bo‘yicha samarali metodikalar bilan tanishildi.

  Tadbirda barcha talabalar faol qatnashdilar. Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak:

  Mazkur seminar-trening ishtirokchilarda yangi sharoitga tez va sog‘lom tarzda moslashish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi. Bunday treninglar xodimlar, talabalar yoki yangi muhitga o‘tayotgan shaxslar uchun juda foydali bo‘lib, kelgusida ham ushbu mavzudagi mashg‘ulotlarni davom ettirish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz.

Universitet matbuot xizmati