“Xon-atlas” haftaligi doirasida tadbir

19.09.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik


2025-yil 19-sentyabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” va “Energetika” fakultetlari talaba-qizlari o‘rtasida “Xon atlas” milliy liboslar haftaligi doirasida “Adiblar xiyoboni”da tadbir tashkil etildi. Tadbirda E.G‘aniboyeva so‘zga chiqib, yosh avlodda milliy g‘urur hissini uyg‘otish, yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarni targ‘ib etish, o‘zbek xalqining asrlik o‘tmish madaniyati, urf-odat va an’analari, tashqi qiyofa, libos borasida o‘ziga xos xususiyatlarini namoyish etish bo‘yicha, madaniy ildizlariga bo‘lgan hurmat va qiziqishni kuchaytirish, shuningdek milliy urf-odat va an’analar bilan birga umuminsoniy axloq qoidalarini shakllantirish borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Tadbirda faol qatnashgan talaba-qizlarga minnatdorchilik bildiramiz. Kelgusida qilinadigan ishlar bo‘yicha o‘zaro fikr almashdik.

Universitet matbuot xizmati