Xor san’ati — ruhiy uyg‘unlik maktabidir
19.09.2025

Universitetda madaniy-ma’naviy hayotni yanada jonlantirish, yoshlar orasida ijodiy muhitni shakllantirishni ko‘zda tutgan holda 2025-yil 18-sentyabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Xor jamoasi rahbari M.K.Muhammedova va Xor jamoasi vakillari hamkorligida Yer resurslari va kadastr fakulteti 1-kurs 105-106-guruh talaba yoshlari bilan tadbir tashkil etildi. Tadbir Xor jamoasiga yangi iste’dodlarni jalb etish, san’atga qiziqqan yoshlarni aniqlash, ularning iqtidorini namoyon etishlari uchun imkoniyat yaratish va xor jamoasining faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida o‘tkazildi.
Tadbir davomida xor san’ati haqida qisqacha ma’lumot berilib, jamoaning avvalgi yutuqlari, e’tiborga molik tadbirlardagi ishtiroklari haqida ham so‘z yuritildi. Shuningdek, talabalar uchun ochiq kasting (eshituv) e’lon qilindi, unda istagan har bir talaba o‘zining vokal imkoniyatlarini sinab ko‘rishi mumkin ekani haqida aytildi.
Tadbir yakunida Xor jamoasi rahbari M.K.Muhammedova quyidagilarni ta’kidladi:
"Xor san’ati — bu nafaqat ijod, balki jamoaviy hamkorlik, intizom va ruhiy uyg‘unlik maktabidir. Biz yoshlar orasidan iqtidorli va fidoyi qatnashchilarni izlayapmiz. Barchani jamoamiz safiga qo‘shilishga chorlaymiz!!!"
Universitet xormeysteri M.K. Muhammedova axboroti
“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati



