Talabalar turar joylarida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

19.09.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

Talabalar turar joylarida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

  Universitet yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Ruzimurat Choriyev hamda mas’ul xodimlar 3-talabalar turar joyiga tashrif buyurib, talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

  Tashrif davomida talabalarning yashash xonalari, qavatlardagi oshxonalar, dars tayyorlash va kitob o‘qish uchun ajratilgan maxsus xonalar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy xonalar jihozlanishi, talabalarning ta’lim olish va hordiq chiqarishlari uchun yaratilgan qulay muhitdan foydalanish imkoniyatlari o‘rganildi.

  Prorektor Ruzimurat Choriyev talabalar bilan suhbatlashib, ularning o‘quv jarayoni va yotoqxonadagi muammolarini tingladi. Kelgusida talabalar uchun yanada yaxshilangan sharoitlarni yaratish va mavjud muammolarni hal etish maqsadida tegishli mutasaddilarga aniq tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, turar joylarda yangiliklar joriy etish va sharoitlarni takomillashtirish bo‘yicha zarur ishlar rejalashtirildi.