Talabalar turar joylarida yaratilgan sharoitlar va ularning holati o‘rganildi

19.09.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik


 Universitet prorektori hamda mas’ul xodimlar tomonidan 8-talabalar turar joyida talabalar uchun yaratilgan qo‘llay sharoitlar bilan tanishildi. Talabalarning yashash xonalari, qavatlardagi oshxonalar, dars tayyorlash va kitob mutolaasi uchun maxsus ajratilgan xonalar holati ko‘zdan kechirildi.

  Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy xonalarning jihozlanishi, talabalarning ta’lim olish va dam olishlari uchun yaratilgan qulay muhitdan samarali foydalanish imkoniyatlari o‘rganildi. Talabalar bilan suhbat qilindi, dars jarayoni va yotoqxonadagi muammolari o‘rganildi. Talabalar uchun yanada zamonaviy hamda qulay shart-sharoitlar yaratish va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.