Zo‘ravonlikka qarshi kurashish–zamon talabi

18.09.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

 

 Joriy yilning 17-sentabr kuni "Gidromelioratsiya" fakulteti talabalari qizlari o‘rtasida «Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha suhbat tashkil etildi. 

  Tadbir “Gidromelioratsiya” fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.F. Beknazarova va fakultet tyutori G. Axmedjanovalar mas’ulligida tashkil etildi va profilaktika katta inspektori katta leytenant Jurayev Bobur Tolibjonovich tashrif buyurdi. Mavzu boyicha o‘z mulohazalarini bildirdi. 

  Ya’ni, hozirgi kunda dolzarb muammolardan biri bulgan ijtimoiy tarmoqda sodir etilayotgan har xil jinoiy ishlardan ehtiyot bo‘lish choralarini ta’kidladi. Talabalar turar joyida ham tartib qoidalarga qat’iy rioya qilish shart ekanligi aytib o‘tildi. 

  Suhbat talaba qizlar bilan savol-javoblar bilan qizg‘in tarzda o‘tkazildi.

“Gidromelioratsiya” fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.F. Beknazarova va fakultet tyutori G. Axmedjanova axboroti

Universitet matbuot xizmati