Dekan kubogiga start berildi
18.09.2025

Ekologiya va huquq fakultetida “Dekan kubogiga start berildi 17-sentyabr kuni “Ekologiya va huquq” fakulteti talabalariga sportning mini-futbol va voleybol turlari bo‘yicha “Dekan kubogi”ga start berildi. Fakultet dekani X.Pirmatov tadbirni ochib berdi. Ushbu musobaqa fakultetda sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, shuningdek, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda. Bugungi kunda mini-futbol va voleybol kabi sport turlari nafaqat jismoniy chiniqish, balki jamoaviylik, hamjihatlik, o‘zaro hurmat va bardoshlilikni tarbiyalashda ham muhim vosita hisoblanadi. Musobaqada qatnashayotgan barcha jamoalarga omad tilaymiz!"
Ekologiya va huquq" fakulteti dekani X.R.Pirmatov
Universitet matbuot xizmati





