Men o‘zimni va yaqinlarimni kiber jinoyatdan ehtiyot qilaman.

17.09.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik


 "Kiberjinoyat" deb ataluvchi egasiniyam xo‘jasiniyam aniqlab, topib bo‘lmaydigan bir jinoyat borki, ijtimoiy tarmoq orqali o‘z to‘rini keng yoyib tarmoqlab bormoqda. Bu jinoyat jadallik bilan omma orasida o‘zining turli ko‘rinishlari bilan namoyon bo‘lmoqdaki, himoyalanish tizimlari ham ojiz qolmoqda. Shunday ekan ogohlik davr talabi ekanligini hisobga olgan holda talabalarni hushyorlikka undash bugungi kunda asosiy vazifalarimizdan biriga aylandi Joriy yilning 15-sentyabr kuni "TIQXMMI"- Milliy tadqiqot universiteti "Yer resurslari va kadastr" fakulteti talabalari istiqomat qiluvchi 8-sonli talabalar turar joyida profilaktika inspektorlari va fakultet tyutori tomonidan targ‘ibot tashviqot ishlari tashkil etildi.

  Asosiy qismi Turkmanistonliklar bo‘lgan 8-talabalar turar joyida yashovchi talabalarga bu jinoyat haqida batafsil tushunchalar berib o‘tildi.Ularga notanish raqamlardan kelgan SMS larga javob bermaslik va turli bot linklarga kirmaslik, plastik karta raqamlarini hech kimga aytmaslik kerakligi uqtirildi.

  Hali ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lmagan mehmon talabalar uchun bu tadbir juda asqatadi deb ishonamiz.

  Targ‘ibot jarayonlarini ijtimoiy tarmoq orqali davom ettirmoqdamiz.

Universitet matbuot xizmati