Ekologiya va huquq fakultetida 16-sentyabr “Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni” munosabati bilan “Eco-innovation-2025” ishlanma va loyihalar tanlovi

17.09.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

 

Ekologiya va huquq fakultetida 16-sentyabr “Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni”munosabati bilan an’anaviy tarzda har yili turli tanlovlar va boshqa tadbirlar yuqori saviyada tashkil etib kelinmoqda. Bugun 16-sentyabr kuni Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni”ni nishonlash doirasida “Eco-innovation-2025”ishlanma va loyihalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, O‘zbekiston Ekologik harakati va universitet “Yashil yurak jamiyati” Eko klublari bilan hamkorlikda talabalar o‘rtasida tashkil etilgan tanlovlar g‘oliblarini sertifikatlar va tashakkurnomalar taqdim etildi. Ushbu tadbir aholining ayniqsa, talaba yoshlarning ekologik madaniyatini shakllantirish, atrof-muhitni asrab avaylash hamda tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish shuningdek, ona tabiat va uning ne’matlariga mehr muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratildi. 

“Ekologiya va huquq” fakulteti dekani X.Pirmatov axboroti