Milliy liboslar festivali
12.09.2025
Bugun 12-sentyabr kuni universitetimiz talaba-qizlari, tyuterlar va dekan maslahatchilari Z.Ismailova boshchiligida Mirzo Ulug‘bek tuman Milliy bog‘ida tashkil etilgan “Milliy liboslar” festivalida qatnashdilar
Festivalda Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Shahnoza Sultonova va Mirzo Ulug‘bek tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, tumani Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Mirbabayeva Nasiba Shukurovna ham qatnashdilar.
Universitetimizdan har bir respublika va shu bilan birga qo‘shni turkman qizlarimiz ham o‘zlarining milliy liboslarida qatnashish imkoniga ega bo‘ldilar. Bu esa barcha talaba-qizlarimizning milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatini, ota-onalari va millatiga bo‘lgan hurmatini oshiradi deb ayta olamiz. Biz bilamizki, har bir xalqning o‘ziga xos madaniyati, urf-odatlari va an’analari mavjud. Ushbu qadriyatlarning eng muhim ko‘rinishi bu - milliy libosdir. Milliy libos xalqning tarixiy hayoti, dunyoqarashi va turmush tarzini aks ettiradi. U nafaqat kiyim, balki millatning yuzi, ma’naviy merosidir.
Milliy libos - bu xalqning yuragi, tarixi va ma’naviyatining ifodasidir. U orqali biz o‘z milliy qadriyatlarimizni saqlaymiz va ularni kelajak avlodlarga yetkazamiz. Milliy kiyimlarga hurmat va e’tibor bilan qarash - har bir fuqaroning burchidir.va hayot tarzi bilan chambarchas bog‘liq.