Geoinformatika ixtisosligi tayanch doktoranti Erasmus+ dasturi doirasida Avstriyada stajirovkada qatnashdi
23.08.2025

Geodeziya va geoinformatika kafedrasi tayanch doktoranti hamda Davlat kadastrlari kafedrasi assistenti Dilshoda Norboyeva 2024/2025-o‘quv yilining bahorgi semestrida dunyoning nufuzli universitetlari reytingida 601-o‘rinda turuvchi Avstriyaning nufuzli Salzburg universitetida (Paris Lodron Universität Salzburg) tahsil olib qaytdi.
Mazkur stajirovka Erasmus+ dasturining KA171 Xalqaro kredit mobillik loyihasi doirasida amalga oshirildi. Dastur davomida tadqiqotchi:
- - mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o‘zlashtirdi;
- - xalqaro muhitda akademik tajriba orttirdi;
- - Yevropa oliy ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishdi;
- - turli mamlakatlardan kelgan talabalar bilan hamkorlikda loyihalar bajardi;
- - shaxsiy va professional rivojlanish uchun muhim ko‘nikmalarni egalladi.
Ushbu muvaffaqiyatli ishtirok Erasmus+ dasturining yoshlar uchun ochayotgan imkoniyatlarini yana bir bor namoyon etadi.
Shuningdek, tayanch doktorant 2025-yil 2–3-iyul kunlari an’anaviy tarzda o‘tkazilgan AGIT: GI-2025 xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi. Mazkur nufuzli tadbirda yer tuzish, geodeziya, geoinformatika va kartografiya sohalarida faoliyat olib borayotgan ko‘plab yetuk olim va tadqiqotchilar hamda tashkilotlar bilan yaqindan tanishish, ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, kelgusida qo‘shma loyihalar va hammualliflikda maqolalar tayyorlash bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.
Erasmus+ KA171 dasturi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi va hamkor oliygohlar bilan tuzilgan hamkorlik shartnomalari asosida amalga oshiriladi. Dasturda ishtirok etish orqali talabalar 1 semestr yoki 1 yil davomida xorijiy hamkor universitetda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.