Qonunchilikdagi yangiliklar
23.08.2025

❗️ Qishloq xo‘jaligi sohasida raqamli texnologiyalar joriy etiladi
“Qishloq xo‘jaligi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–130-son, 12.08.2025-y.) qabul qilindi.
🔰 Farmonning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- 🔹 qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan 4 mln gektardan ortiq yer maydonlarida ekinlarni ekish va sug‘orish jarayonlarini raqamlashtirish;
- 🔹 qishloq xo‘jaligi sohasida joriy etilgan 30 tadan ortiq axborot tizimlarini “yagona nuqta”ga birlashtirish orqali foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratish hamda ma’lumotlarning o‘zaro muvofiqligi va ishonchliligini ta’minlash.
🔗 2026-yil hosilidan boshlab qishloq xo‘jaligi tashkilotlari o‘zlariga tegishli yer uchastkalariga ekish rejalashtirilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasiga (Agroportal) mustaqil joylashtirib boradi.
✅ Agroportal qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar uchun sohada xizmat ko‘rsatishning “yagona nuqtasi” sifatida e’tirof etiladi.
❗️ Uchuvchisiz uchadigan apparatlar yordamida xizmatlar ko‘rsatish ko‘lami kengaytiriladi
🔰 Farmonga ko‘ra, (https://t.me/ilovetiiame/29181) qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga robototexnika, dron va boshqa qurilmalar yordamida xizmatlar ko‘rsatiladi.
✔️ Dron xizmatlaridan foydalanish uchun Agroportal orqali ariza berish, shartnomalarni tuzish va to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.
📜 Agroportal orqali uchish balandligi 30 metrgacha bo‘lgan dronlar yordamida ko‘rsatiladigan xizmatlar vakolatli idoralar bilan kelishilgan hududlarda ularning yillik ruxsatnomalari asosida taqdim etiladi.
❇️ Shuningdek, Agroportalda quyidagi xizmat turlari joriy qilinadi:
- 🔹 2025-yil 1-dekabrdan ikkilamchi ijaraga beriladigan yerlarni belgilash, ijara shartnomasini tuzish, davlat ro‘yxatdan o‘tkazish va to‘lovlarni amalga oshirish;
- 🔹2026-yil 1-martdan qishloq xo‘jaligi yerlari toifasini o‘zgartirish yuzasidan arizalar berish, ularning holatini onlayn kuzatib borish va natijalarini taqdim etish.