IWMI O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
22.08.2025

Bugun “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida Xalqaro Suv Boshqaruvi Instituti O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Barbara Janusz-Pawletta hamda yetakchi olim Iskandar Abdullayev bilan uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash, keng ko‘lamli qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish hamda ilmiy-ta’limiy faoliyatni rivojlantirish borasida kelishib oldilar.
Muzokaralar chog‘ida bir qator muhim yo‘nalishlar belgilab olindi:
- - Universitet talabalarini jalb etgan holda oylik to‘lanadigan stajirovkalarni tashkil etish;
- - Xorijiy talabalar uchun stipendiyali dasturlarni joriy etish;
- - Suv resurslarini boshqarish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish kurslarini yo‘lga qo‘yish;
- - Qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish va xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish;
- - O‘quv-ilmiy poligonni hamkorlikda foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.
Shuningdek, uchrashuvda IWMI tomonidan olib borilayotgan ilmiy ishlanmalar, tahlillar va hisobotlarni universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun ochiq foydalanishga taqdim etish masalasi ham kelishib olindi. Bu esa universitet ilmiy salohiyatini oshirish, ta’lim sifatini yanada yuksaltirish hamda yosh tadqiqotchilarni xalqaro tajriba bilan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.







