Fermerlarga suvdan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar
21.08.2025

Prezidentining 2025 yil 15-avgustda “O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2025–2028 yillarga mo‘ljallangan dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida Universitetda barqaror suv tejamkor sug‘orish texnologiyalari, sug‘oriladigan yerlarni gidromodul rayonlashtirishda kosmik ma’lumotlardan foydalanish, ekinlarni suv iste’molini aniqlashda raqamli texnologiyalarni keng jalb qilish, fermer xo‘jaliklariga irrigatsiya va melioratsiya sohasida tezkor mobil xizmat ko‘rsatish bo‘yicha Bo‘ka tumani hokimligi va suv xo‘jaligi vakillari hamda fermerlar ishtirokida “Raqamli texnologiyalar va mobil laboratoriyalar yordamida qishloq xo‘jalik ekinlarni yetishtirishning innovatsion usullari” mavzusida dala seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda sug‘oriladigan maydonlarning meliorativ holatini aniqlash imkonini beruvchi Melioratsiya Mobil laboratoriyasi tarkibi va uning vazifalari, ekinlarni sug‘orish tartiblari, tomchilatib sug‘orish usuli va uning sug‘orish texnikasi elementlari, irrigatsiya va melioratsiya bo‘yicha online ma’lumot berishga mo‘ljallangan platforma bo‘yicha ma’lumotlar berildi, hamda makkajo‘xori yetishtirilgan tajriba uchastkada namoyish etildi.





