Ta’til davridagi xalqaro hamkorlik
19.08.2025

1. Xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlar
Germaniyaning Gumboldt nomidagi Berlin universitetining mobillik dasturlari bo‘limi boshlig‘i Christina Bohle va “Erasmus+” dasturi koordinatori Johann Comolle bilan istiqboldagi “Capacity Building” (salohiyatni oshirish) loyihalarini birgalikda amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi
2. Ma’ruza o‘qish va tajriba almashish
Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi professori M.Hamidov Gumboldt nomidagi Berlin universiteti magistratura talabalari uchun “Agricultural Land Use Functions in Central Asia” va “Qualitative Data Analysis: Example from irrigation management in Uzbekistan” mavzularida ma’ruza o‘qidi.
Germaniyaning Gumboldt nomidagi Berlin universiteti Agroekologiya kafedrasidagi uchrashuvlar xam samarali bo‘lib, kafedra mudiri, professor Prof. Dr. Marcel Robischon 2025-2026 o‘quv yilida universitetimizda dars o‘tishi kelishib olindi.
3. Germaniyaning Drezden texnika universitetidagi kelishuvlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 20-iyun kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqqa muvofiq (Muhandislik sohasida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida), universitet delegatsiyasi Germaniyaning Drezden texnika universitetiga tashrif buyurib, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, magistr va doktorantlar uchun stajirovkalar tashkil etish, to‘liq doktorlik (PhD) dasturlarini joriy qilish hamda professor-o‘qituvchilarni universitetlar o‘quv jarayonlarida ishtirok etish masalalari bo‘yicha samarali kelishuvlarga erishildi.
4. Germaniyaning ZALF markazidagi seminar
Germaniyaning ZALF markazida “O‘zbekistonda sug‘orma dehqonchilik barqarorligi” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda “SusWEF” loyihasi rahbari professor M.Hamidov loyiha doirasida erishilgan natijalar va ishlab chiqilgan tavsiyalar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, kelgusida qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish va ularni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan muzokaralar olib borilib, kelishuvlarga erishildi.
5. Italiyaning Bolonya universitetiga tashrif
QS World University Rankings 2026 reytingida 138-o‘rinni egallagan Italiyaning Bolonya universitetiga Gidromelioratsiya fakulteti dekani J.Ishchanov tomonidan tashrif amalga oshirildi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad – qo‘shma ilmiy loyihalar, “Erasmus+” dasturi doirasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda magistr va doktorantlarga ilmiy rahbarlik qilish masalalarini muhokama qilishdan iborat edi.