Istanbulda IVF 2025 — Universitetimiz faol talabasi xalqaro maydonda
19.08.2025

Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida HISA Public Policy Research Institute tomonidan joriy yilning 14-17 avgust kunlari tashkillashtirilgan International Volunteer Forum 2025 da Universitetimiz Iqtisodiyot fakulteti faol talabasi Xayrullaxonov Xondamirxon Isroilxon o‘g‘li munosib ishtirok etdi.
⚡️IVF — yosh liderlar, volontyorlar va ijtimoiy faoliyat targ‘ibotchilarini birlashtiruvchi yirik xalqaro platforma bo‘lib, uning maqsadi:
- 🟢Madaniy almashinuvni rivojlantirish
- 🟢Liderlik salohiyatini oshirish
- 🟢Global muammolarga yechim izlashdir.
🌎 Xalqaro Forumda Germaniya🇩🇪Slovakiya🇸🇰Ruminiya🇷🇴 Finlandiya,🇫🇮 Gretsiya, 🇬🇷 Makedoniya🇲🇰 Misr🇪🇬 Livan🇱🇧 Saudiya Arabistoni 🇸🇦Tunis🇹🇳Pokiston🇵🇰Hindiston🇮🇳Xitoy🇨🇳Taivan🇹🇼va ko‘rfaz mamlakatlaridan tashrif buyurgan 50 ga yaqin delegat yoshlar va xalqaro kuzatuvchilar ishtirok etdilar.
⚡️Tadbirda, shuningdek, HISA CEO‘si Mr. Ahmad Toor hamda Barrister-at-Law, Pakistan 🇵🇰Oliy Sudlari advokati Janob Ali Tahir kabi nufuzli mehmonlar ham qatnashdilar. Ular “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar.
⚡️Talabamiz ularga kelgusi ish faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab, Toshkent shahriga tashrif buyurganlarida “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti mehmoni bo‘lishlarini taklif etdi.
⚡️Ular esa faol talabamizning taklifini mamnuniyat bilan qabul qilib, albatta tashrif buyurishlarini bildirdilar.
✅IVF 2025 — Talabamizning ilmiy va shaxsiy faoliyatidagi yangi bosqich bo‘lib, universitetimizning xalqaro miqyosda munosib tarzda hissa qo‘shish alohida ularga faxr bag‘ishladi.
👁Bunday imkoniyatlar universitetimizning ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi tashabbuslarini yanada keng yoyishga, yoshlarimizni global jarayonlarda faol ishtirokchi sifatida shakllantirishga xizmat qiladi.





