Muhandislik missiyasi — Ginnes rekordi sari
18.08.2025
#Rektordan
#Yangilik

Bir vaqtning o‘zida 2000 ta robot ishga tushirilishi orqali Ginnes rekordlari kitobiga kirish yo‘lida ulkan qadam tashlanmoqda.
Rekord o‘rnatish yo‘lidagi sa’y harakatlar faqatgina Ginnes kitobiga kirish emas, balki O‘zbekiston yoshlari ilmga, texnika va innovatsiyaga bo‘lgan cheksiz ishtiyoqini butun dunyoga ko‘rsatish asosiy maqsaddir.
Bir g‘oya atrofida birlashgan yoshlarimiz ilmi va kuchi bilan Vatanimiz nomini baland ko‘tarishga bel bog‘lagan.
"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetining iqtidorli talabalar bugun tayyorgarlikning so‘nggi kuni. Ushbu musobaqada Universitetining 60 nafar iqtidorli talabasi tayyor turibdi.
Biz bunga tayyormiz!