“Orol dengizi – 2025” Yettinchi Yozgi Maktabi "Nemis-Qozoq Universiteti"da o‘z faoliyatini boshladi
18.08.2025

2025-yil 15–24-avgust kunlari "7th Aral Sea Summer School" bo‘lib o‘tadi. Mazkur yozgi maktabga O‘rta Osiyo davlatlaridan 1200 dan ortiq talabgorlar hujjat topshirib, ulardan 13 nafar eng yaxshi ishtirokchi saralab olindi. Universitetimizdan tayanch doktorantlardan Abdumajidov Erali va Kannazarova Zulfiya ishtirok etmoqda. Dastur doirasida dunyoning nufuzli universitetlaridan kelgan yetakchi professor-o‘qituvchilar tomonidan ma’ruzalar, seminarlar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi belgilangan. Shuningdek, Qozog‘istonda joylashgan "Kichik Orol dengizi"ga ilmiy-sayohat ham rejalashtirilgan.
Yozgi maktabning asosiy maqsadi – O‘rta Osiyo yosh olimlari o‘rtasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, istiqbolda qo‘shma loyihalar va ilmiy maqolalarni tayyorlash, shuningdek, akademik almashinuvni mustahkamlashdir.
"Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari" kafedrasi assistenti Zulfiya Kannazarova





