TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetida Xitoyning nufuzli oliygohlaridan biri Hohai universiteti prezidenti, professor Zheng Jinhai boshchiligidagi delegatsiyasi bo‘ldilar

14.08.2025

#Rektordan #Xalqaro hamkorlik


Uchrashuv avvalida universitetimiz rektori professor Bahodir Mirzayev so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar haqida taqdimot qildi va kelgusi hamkorlik bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.

  Delegatsiya a’zolari, o‘z navbatida, Hohai universiteti faoliyati va salohiyatini namoyish etib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga oid takliflarini ilgari surishdi.

  Muzokaralar natijasida qator muhim kelishuvlarga erishildi. Xususan:

  • •  Bakalavriatda 2+2 dasturi asosida qo‘shma ta’limni yo‘lga qo‘yish, Magistraturada 1+1 dasturi, Talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi, Qo‘shma ilmiy tadqiqotlar tashkil etish
  • •  "Xitoy-O‘zbekiston taniqli muhandislar instituti"ni tashkil etish.

  Uchrashuv yakunida, ikki oliy ta’lim muassasasi rahbarlari o‘rtasida hamkorlikning yangi bosqichini boshlab beruvchi o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum kelajakdagi qo‘shma loyihalar va ta’lim dasturlari uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.