TUG‘ILGAN KUNINGIZ MUBORAK, HURMATLI PREZIDENT!
24.07.2025
#O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati yangiliklari

Hurmatli Shavkat Miromonovich!
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti jamoasi nomidan Sizni tavallud kuningiz bilan chin qalbdan muborakbod etamiz!
Yurtimiz ravnaqi va ta’lim tizimining yuksalishi yo‘lida olib borayotgan jasoratli islohotlaringiz tufayli biz, ilm fidoyilari, doimo yangilanish va taraqqiyot sari intilamiz. Aynan Siz o‘qigan universitet bugun xalqaro maydonda munosib o‘rin egallayotgani — bunga yaqqol misol.
Sizga mustahkam sog‘lik, bardavom kuch-g‘ayrat va el-yurt baxtiga uzoq umr tilaymiz!
Hurmat bilan,
"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti jamoasi