Matbuot kotiblari uchun o‘quv seminar tashkil etildi

12.07.2025

#Ma`naviy va tashkiliy


Malaka oshirish va tajriba almashish mazmunida o‘quv seminarlarining o‘tkazilishi katta ahamiyatga ega.

OTM  matbuot kotiblari taʼlim muassasaning TV, radio, internet, gazeta, ijtimoiy tarmoqlar va boshqalar orqali berilayotgan axborotni ongli, tanqidiy va mustaqil tarzda tahlil qila olish, tushuna olish va undan foydalana olish masalasiga masʼulligi bilan ajralib turadi.

Maʼlumki, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘iga asosan Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha 3-iyuldan boshlab oliy taʼlim tashkilotlarining axborot xizmatlari xodimlari uchun 24 soatlik qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etildi.

O‘quv kursining asosiy maqsadi – oliy taʼlim tashkilotlarida axborot siyosatini samarali yuritish, matbuot xizmatlari faoliyatini zamonaviy kommunikatsiya vositalari orqali rivojlantirish, hamda axborot xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirishdir.

O‘quv seminarda tajribali ustozlardan professor Beruniy Alimov, dotsentlar Gulnora Nishonova  va Irodaxonlar dars mashg‘ulotlarini olib bordilar.

O‘quv seminar mashg‘ulotlari yakunida matbuot kotiblari Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurib axborot xizmati  bilan yaqindan tanishib olishdi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova va Zafarbek Amirqulovlar matbuot kotiblarining savollariga mufassal javob berdilar. So‘ngra Vazirlik binosida seminar ishtirokchilariga tantanali ravishda Sertifikatlar topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ular orasida universitetimiz matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov ham bor edi. Sertifikatlarni bugun Vazir Sharipov Kongratbay Avezimbetovichning o‘zlari topshira turib barcha matbuot kotiblariga omad va muvaffaqiyatlar tiladi.

 

Universitet matbuot xizmati