Smart Solutions System” MChJ ga tashrif
11.07.2025

S.A.Niyazov nomidagi
Turkmaniston qishloq xoʻjaligi universiteti, “Gidromelioratsiya”
fakulteti 4-bosqich talabalari amaliyotini o‘tash davomida belgilangan dastur
bo‘yicha 10 iyun kuni “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi mudiri prof.
Begmatov Ilxom Abduraimovich boshchiligida “Smart Solutions System” MChJ ga
tashrif buyurishdi.
“Smart Solutions System” MChJ mutaxassisi Otaxonov Maqsud Yusufovich talabalar
uchun o‘quv jarayonini avtomatlashtirish, optimallashtirish va monitoring qilish
imkoniyatlarini taqdim etdi. Asbob-uskunalarning qanday ishlashi, ulardan
qanday foydalanish kerakligi va tizim bilan integratsiya qilish usullari haqida
to‘liq ma’lumot berildi. “Smart Solutions System” MChJ talabalar uchun qulay va
interaktiv interfeysga ega.
Tizimni ishlatish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan savollar va
muammolar bo‘yicha tezkor yordam ko‘rsatilishi kerakligi ta’kidlandi.
Talabalarga tizimning har bir bo‘limi va uning funksiyalari qanday ishlashi
amaliy ko‘rinishda ko‘rsatildi.
“Smart Solutions System” MChJ da talabalarga laboratoriyadagi uskunalar,
jumladan, aqlli suv o‘lchagichlar hamda “DIVER” qurilmasi haqida ma’lumot berib
o‘tildi. Tushuntirish ishlari yakunida nazariy bilimlarni mustahkamlash
maqsadida talabalar Toshkent viloyati “Meliorativ ekspeditsiya” mutaxassisi Axunov
Anvarjon Aydaralievich boshchiligida kuzatuv qudug‘i o‘rnatilgan maydonga
borib, qurilmalarning o‘rnatilish hamda ishlash jarayonini kuzatdilar va
o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.





















