TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetida Aqlli qishloq xo‘jaligi yangi davri boshlandi
10.07.2025

Joriy yil 9-iyul kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida Xitoyning Shimoliy-G‘arbiy qishloq xo‘jaligi va o‘rmonchilik universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Aqlli qishloq xo‘jaligi” (Smart Agriculture) qo‘shma laboratoriyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu ilmiy markaz — O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklik samarasi bo‘lib, zamonaviy texnologiyalar, raqamli agrobiznes, IoT asosidagi monitoring, “aqlli sug‘orish” kabi innovatsion yechimlarni o‘z ichiga oladi.
Tadbirda Xitoyning Shimoliy-G‘arbiy qishloq xo‘jaligi va o‘rmonchilik universiteti Prezidenti Wu Pute, yetakchi olimlar, professorlar, doktorantlar va yosh mutaxassislar ishtirok etib, mazkur laboratoriya kelajakda yangi ilmiy izlanishlar va iqtidorli kadrlar tayyorlashda muhim maydoncha bo‘lishi ta’kidlandi.
Shuningdek, Shimoliy-G‘arbiy qishloq xo‘jaligi va o‘rmonchilik universiteti Prezidenti Wu Pute universitetning eng oliy ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Endilikda “TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti nafaqat milliy, balki Markaziy Osiyo miqyosida ham “aqlli qishloq xo‘jaligi” sohasidagi ilg‘or markazlardan biriga aylanish sari yo‘l olmoqda!
Raqamli texnologiyalar endi agrar maydonda. Bu — kelajakni bugun qurish demakdir.









