“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida Xitoy Suv resurslari va gidroenergetika ilmiy-tadqiqot instituti “IWHR” hamda Beijing HRUNAN Technology vakillarining ishtirokida uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi

27.06.2025

#Xalqaro hamkorlik

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida Xitoy Suv resurslari va gidroenergetika ilmiy-tadqiqot instituti “IWHR” hamda Beijing HRUNAN Technology vakillarining ishtirokida uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Uchrashuvda tomonlar raqamli suv xo‘jaligi, suvni tejovchi texnologiyalar, ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.


Suhbatlar yakunida tomonlar uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida uch tomonlama Hamkorlik Memorandumi imzoladilar. Memorandumda quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritish nazarda tutilgan:


  •  - O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida raqamli qishloq xo‘jaligi va suv xo‘jaligi innovatsion platformasini yaratish;
  •  - Ilmiy-tadqiqot va texnologik ishlanmalarni qo‘shma ravishda amalga oshirish;
  •  - Suv xo‘jaligi sohasida ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etish;
  •  - Kadrlar tayyorlash, o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
  •  - Texnologiyalarni amaliyotda sinovdan o‘tkazish va ko‘rgazmali loyihalar asosida targ‘ib qilish;
  •  - Xalqaro ko‘lamda ilmiy konferensiyalar, ko‘rgazmalar va ilmiy almashinuv tadbirlarini tashkil etish.


Shuningdek, memorandumda aqlli suv resurslarini boshqarish va suv tejash texnologiyalari laboratoriyasi tashkil etish ko‘zda tutilgan.


Tadbir yakunida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori Bahodir Mirzayev ushbu hamkorlik uzoq muddatli, o‘zaro manfaatli va zamon talablariga javob beruvchi tezkor sheriklik bo‘lishi lozimligini alohida ta’kidladi.


“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti xalqaro hamkorlar bilan erishilgan kelishuvdan mamnunligini bildiradi va ushbu memorandum asosida samarali hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanligini yana bir bor ta’kidlandi.